01:02 / 15.04.2016
1555

Ukrainalik shaxmatchilar barcha musobaqalardan chetlatildi

Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) barcha ukrainalik shaxmatchilarni musobaqalardan vaqtinchalik chetlatish qarorini qabul qildi. Bu haqda federatsiyaning rasmiy saytida ma'lum qilindi.

Lvovda ukrainalik shaxmatchi Mariya Muzichuk va xitoylik Xou Ifan o‘rtasida jahon chempioni unvoni uchun bellashuv bo‘lib o‘tgan. G‘alabani xitoylik shaxmatchi qo‘lga kiritgan. Ma'lum qilinishicha, Ukraina shaxmat federatsiyasi bellashuvni tashkil etish uchun FIDE bilan o‘z vaqtida hisob-kitob qilmagan.

Shu sababli Ukraina shaxmat federatsiyasiga sanksiya kiritishga qaror qilindi. Ukrainalik shaxmatchilar FIDE nomi ostida o‘tuvchi musobaqalarda, jumladan Yevropa va jahon chempionatlarida ishtirok eta olmaydilar. Ukraina shaxmat federatsiyasi FIDE’ning qarzdorlar ro‘yxatiga kiritildi.

Top