22:48 / 16.04.2016
1935

Angliya chempionati, 34-tur: "Aston Villa" "MYu"dan mag‘lubiyatga uchrab, APLni tark etdi va qolgan natijalar

Angliya Premer-ligasining 34-turida "Manchester Yunayted" o‘z maydonida Markus Rashfordning goli evaziga "Aston Villa"ni mag‘lub etdi. Musobaqa jadvalining so‘nggi o‘rinini egallayotgan Birmingem klubi mavsum yakunlanishiga 4 ta o‘yin qolganda APLda qolish uchun barcha imkoniyatlardan mahrum bo‘ldi va 1987 yildan beri birinchi marta uni tark etadigan bo‘ldi.

APLda jon saqlashga kurashayotgan "Nyukasl" o‘z maydonida 3:0 hisobida "Suonsi"ni mag‘lub etdi va Rafael Benites murabbiyligida birinchi g‘alabasiga erishdi. "Everton" va "Sautgempton" o‘rtasida g‘olib aniqlanmadi, jamoalar 1:1 hisobidagi durang natijani qayd qilishdi. "Uotford" mehmonda "Vest Bromvich"ni 0:1 hisobida yutdi. "Sanderlend" mehmonda "Norvich Siti"ni 0:3 hisobida mag‘lub etdi hamda 6 ta o‘yindan beri davom etib kelayotgan g‘alabasiz seriyasiga chek qo‘ydi.

Angliya Premer-ligasi. 34-tur
Manchester Yunayted – Aston Villa – 1:0
Gol: Rashford, 32 (1:0).

Nyukasl Yunayted – Suonsi Siti – 3:0
Gollar: Lascells, 40 (1:0); Sissoko, 82 (2:0); Taunsend, 89 (3:0).

Everton – Sautgempton – 1:1
Gollar: Mori, 68 (1:0); Mane, 76 (1:1).

Vest Bromvich Albion (Vest Bromvich) – Uotford (Uotford) – 0:1
Gol: Uotson, 27 (0:1).
Urilmagan penaltilar: Beraino, 67; Beraino, 87 (Vest Bromvich)

Norvich Siti – Sanderlend – 0:3
Gollar: Borini, 41 (0:1, pen); Defo, 53 (0:2); Uotmor, 90+1 (0:3).

Top