13:04 / 16.04.2016
1511

Krishtianu Ronaldu: "Navas jarimani bajarishimdan oldin sekin tezlashishni aytdi. U shu tarzda gol urishimni bilgan"

"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu Chempionlar Ligasining chorak finalida "Volfsburg"ga qarshi javob uchrashuvida unga jamoa darvozaboni Keylor Navasning maslahati qo‘l kelganini aytdi. Uchrashuv "Real"ning 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Hujumchi g‘alaba goli bilan yakunlangan jarima to‘pini bajarishga tayyorlanayotganda darvozabon uning yoniga o‘z darvozasi oldidan yugurib kelib, jarima to‘pini qanday amalga oshirish borasida maslahat bergan.

"Biz Navas bilan birga mashg‘ulot qilamiz. Keylor meni buni aytganim uchun o‘ldiradi, biroq u to‘pga bor kuch bilan emas, balki sekinroq yaqinlashishni maslahat berdi. Navas men shunday qilsam, gol ura olishimni bilgan", deb aytdi portugaliyalik futbolchi.

Top