07:45 / 16.04.2016
1437

Kyusyu orolida yangi zilzila yuz bergani haqidagi xabardan keyin Abe orolga borish fikridan qaytdi

15 aprelda Yaponiyaning Kyusyu orolida kuchliroq, yangi 2-zilzila yuz bergani haqidagi xabardan keyin mamlakat bosh vaziri Sindzo Abe jabrlangan hududlarga 16 apreldagi safarini bekor qildi, deb xabar bermoqda Kyodo agentligi. 15 aprelda Abe fojia hududiga tashrif buyurishi, u yerda mahalliy aholi va rahbariyat bilan uchrashishini e'lon qilgandi.

Avvalroq 14 va 15 apreldagi zilzilalar qurbonlari soni 12 kishiga yetgani, jabrlanganlar soni mingdan oshib ketgani ma'lum qilingandi.

1-zilzila 14 aprelda yuz berdi, uning kuchi 6,4 magnitudani tashkil qilgan. Zilzila markazi Kumamoto shahri yaqinida, o‘chog‘i esa 10 km yer ostida bo‘lgan. Bu zilzilada 9 kishi halok bo‘lgandi, kamida 780 kishi jabrlangan.

Ertasiga, 15 aprelda shu hududda 7,3 magnitudali kuchliroq 2-zilzila yuz berdi. Bu zilzila oqibatida 3 kishi halok bo‘lgan. Fojia hududidan deyarli 45 ming kishi evakuatsiya qilingan. Yapon rasmiylari orolda yana bir hafta davomida zilzilalar davom etishi mumkinligidan ogohlantirishgan.

Top