14:27 / 16.04.2016
1259

Mogerini Eronga tashrif buyurdi

Yevropa Ittifoqi tashqi siyosat mahkamasi rahbari Federika Mogerini bir kunlik tashrif bilan Tehronga keldi, deb xabar qilmoqda IRNA agentligi.

U, safari chog‘ida Eron tashqi ishlar vaziri Javod Zarif bilan muzokaralar o‘tkazadi.

Tehron muzokaralarida Yevropa Ittifoqi bilan Eron o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash maqsadida bank, investitsiyalar va savdo sohalaridagi hamkorlikka e'tibor qaratiladi.

Mogerinining Tehronga safarida, energetika masalalari, ilmiy tadqiqotlar, atrof-muhit, ta'lim va boshqa yuqori lavozimli YeI komissarlari hamrohlik qilishmoqda.

Aytish joizki, Eron yadro dasturi bo‘yicha kelishuv hayotga tatbiq etila boshlagach, YeI tashqi siyosat mahkamasi rahbari ushbu mamlakatga ilk marotaba safar qilmoqda.

Top