18:25 / 16.04.2016
1429

«MYu» va «Chelsi» Markinosga qiziqmoqda, «PSJ» himoyachisini 50 mln yevroga baholamoqda

Fransiyaning «Pari Sen-Jyermen» futbol jamoasi himoyachisi Markinos Angliya premer-ligasining ikki nomdor jamoasi «Manchester Yunayted» va «Chelsi» murabbiylari ko‘zi ostiga tushib qoldi.

Parijliklar 21 yoshli braziliyalikni 50 million yevroga baholashmoqda.

Bundan tashqari, «PSJ» bitimga «MYu» va «Chelsi»dan bir necha futbolchini ham qo‘shish niyatida.

Xususan, Manchester jamoasidan Memfis Depay, «Chelsi»dan esa Oskar yoki Diyego Kosta parijliklarning qiziqishini uyg‘otmoqda.

Bundan avval, Markinos «Barselona» bilan kelishib olgani xabar qilingan edi.

Top