22:42 / 16.04.2016
1661

Oltoyda kislota ortilgan 8 ta vagon temir yo‘l izidan chiqib ketdi

Rossiyaning Oltoy o‘lkasi Biysk tumanida sulfat kislota ortilgan 8 ta vagon temir yo‘l izidan chiqib ketdi, deb xabar bermoqda Biysk shahri fuqarolik mudofaasi, favqulodda vaziyatlar va yong‘in xavfsizligi ishlari boshqarmasiga iqtibos keltirgan holda TASS axborot agentligi.

"Kimyoviy moddalar oqib ketmagan. Vagonlardan 4 tasida sulfat kislota va yana 4 tasida konserntrlangan sulfat kislota bo‘lgan. Favqulodda vaziyat Biysk oleum zavodiga kiraverishda yuz berdi. Shahar uchun hech qanday xavf yo‘q", deb aytildi boshqarmada.

Favqulodda vaziyatni bartaraf etish bo‘yicha oleum zavodi mutaxassislari ish olib bormoqdalar. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, noxush voqeaga temir yo‘l izlarining erigan suvlar bilan yuvilishi oqibatida cho‘kishi sabab bo‘lgan.

Top