13:31 / 16.04.2016
1749

Poroshenkodan Ukraina qarzining bir qismini «mulozimlar» zimmasiga o‘tkazishni so‘rashmoqda

Ukraina prezidenti Petr Poroshenkodan mamlakat tashqi qarzini «davlat mablag‘larini o‘margan mulozimlar va oligarxlar» zimmasiga o‘tkazishni talab qilishmoqda. Shu mazmundagi elektron petitsiya davlat rahbari saytida e'lon qilingan.

So‘rovnomada aytilishicha, Ukrainaning tashqi qarzi 2015 yil boshida 72,9 mlrd dollarni tashkil etgan.

«Korrupsiyaga qarshi kurashish uchun, Ukraina kreditorlari ko‘magida surishtiruv ishlarini olib borish, mablag‘larni taqsimlashga aloqasi bor kishilarni sudga jalb etish va ularga o‘margan mablag‘larini qaytarish majburiyatini yuklash kerak», — deyiladi petitsiyada.

Petitsiya 15 aprel kuni ro‘yxatga olingan. Ayni vaqtgacha, unga 17 kishi imzo chekkan. Prezidentga taqdim etilishi uchun esa 25 ming kishi imzo chekishi kerak.

Top