23:12 / 16.04.2016
1759

Saudiya Arabistoni neft qazib olishni kuniga 1 mln barrelga oshirishga imkoni borligini ma'lum qildi

Saudiya Arabistoni neft qazib olish hajmini kuniga 1 mln barrelga zudlik bilan oshira olishini ma'lum qildi. Bu haqda valiahd shahzoda o‘rinbosari Muhammad ibn Salmon ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Bloomberg axborot agentligi.

Salmon Saudiya Arabistoni agar asosiy ishtirokchilar, jumladan Eron ham rozi bo‘lsagina neft hajmini muzlatishga rozi bo‘lishini ta'kidlab o‘tdi.

Uning aytishicha, "agar ular istasalar" zudlik bilan neft qazib olish hajmini 6-9 oy ichida kuniga 11,5 mln barreldan 12,5 mln barrelgacha oshirishlari mumkin.

Agar Saudiya Arabistoni neft sanoatiga investitsiyalarni oshirsa, unda bu hajmni 20 mln barrelgacha ham oshirishi mumkin, deb qo‘shimcha qildi Salmon.

"Men biz ko‘proq neft olishimiz kerak, deb aytmoqchimasman, biroq biz buni qila olamiz", deb aytdi Salmon. Uning aytishicha, Saudiya Arabistoni kuniga 20 mln barreldan ko‘proq neft qazib ololmaydi.

Top