12:16 / 16.04.2016
1842

Xitoyda 3 yoshli bola buvisini nazoratchilardan himoya qildi

Xitoylik 3 yoshli bola oilasining noqonuniy tadbirkorlik faoliyatini to‘xtatishni so‘rab kelgan nazoratchilardan “agar ularga tegsangiz men bilan gaplashasiz”, deb o‘z buvisini himoya qildi.

Bolakayning bu g‘aroyib harakati voqeani kuzatib turganlar tomonidan tasvirga olinib, tarmoqga yuklangan. Quyidagi videorolikda yosh uyg‘ur millatiga mansub bolacha qo‘liga metall quvurni olib, nazoratchilardan buvisining biznesini tinch quyishligini talab qilgan.

Mazkur video markaziy Xitoydagi bozorlardan birida tasvirga olingan. Nazoratchilardan biri bolakayning vajohatini ko‘rib, orqaga qaytgan. Ammo boshqa nazoratchi esa bolani qo‘lidan ushlab, tinchlantirmoqchi bo‘lgan. Bolakay esa uni rad etib, himoyani davom ettirgan.

Ko‘plab tarmoq foydalanuvchilari bolakay tarafida bo‘lib, uning bu jasurligini olqishlashgan.

Top