18:25 / 17.04.2016
4454

“Biz buyuk yurt farzandlarimiz” yoshlar festivali Qoraqalpog‘iston Respublikasida nishonlanmoqda

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligiga 25 yil to‘lishi munosabati bilan “Biz buyuk yurt farzandlarimiz” hamda yurtimizda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish maqsadida “O‘zbekiston muqaddas Vatan” shiorlari ostida bo‘lib o‘tayotgan yoshlar festivali Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand va Navoiy viloyatlaridan keyin Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘ylab keng nishonlanmoqda. Ushbu festival Qoraqalpog‘istonning Ellikqal'a, Chimboy, Qo‘ng‘irot va Nukus shaxarlarida o‘tkazish rejalashtirilgan. Festivalda Oliy majlis qonunchilik palatasi deputatlari, taniqli san'at va madaniyat arboblari, “Kamolot” YoIH vakillaridan iborat targ‘ibot guruhlari ishtirok etmoqda.

Bugun Ellikqal'a tumanida festival munosabati bilan tashrif buyurgan mehmonlar karay-surnay sadolari ostida ko‘taringki kayfiyatda kutib olindi. Ellikqal'a San'at saroyida tashkil qilingan amaliy va badiiy ko‘rgazmalar namoyishidan so‘ng targ‘ibot guruhi “Siz sevgan qaxramonlar” loyihasida ishtirok etdilar. Ellikqal'aga tashrif buyurgan targ‘ibot guruhida O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq artisti Muhammadali Abduqunduzov, Muqimiy musiqa va dramma teatri aktyori Odilbek Xaqberdiyev, yosh iste'dod sohiblari Jyengisbek Piyazov, “Durdona” guruhi vakillari ishtirok etdilar. Shuningdek bugun festival doirasida “Nuroniylar doimo e'zozimizda”, “Biz jonli ijro tarafdorlarimiz” loyihalari va Bo‘ston shaxridagi amfiteatrda Gala konsert bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Dilshodek Jumaniyozov

Top