09:50 / 17.04.2016
1468

A seriya, 33-tur. «Inter» «Napoli»dan ustun keldi va boshqa natijalar

Futbol bo‘yicha Italiya A seriyasining 33-turida 16 aprel kuni 3ta o‘yin o‘tkazildi.

«Inter» — «Napoli»
Mamlakat chempionligi uchun kurash olib borayotgan Neapolning «Napoli» klubi Milanga safar qilib, «Inter»ga mag‘lub bo‘ldi.

Mezbonlarning birinchi bo‘limda urgan ikki goliga «Napoli» futbolchilari javob bera olishmadi. Endilikda jamoa hisobidagi ochkolar 70taligicha qolib, neapolliklar turnir jadvali peshqadami «Yuventus»dan 6 ochkoga ortda qolmoqda. 17 aprel kuni «Palermo»ga qarshi o‘z o‘yinini o‘tkazadigan «Yuventus» 3 ochkoni qo‘lga kiritsa, peshqadamlar orasidagi farq 9 taga yetadi.

«Inter» esa 61 ochko bilan 4-o‘rinni egallab turibdi. Hali tur o‘yinlarini o‘tkazmagan «Roma» va «Fiorentina» jamoalari 64 va 56 ochko jamg‘argan holda mos ravishda 3 va 5-o‘rinlarni band etgan.

«Inter» — «Napoli» 2:0
Gollar: Mauro Ikardi, 4 (1:0). Marselo Brozovich, 44 (2:0).
Ogohlantirishlar: Nagatomo (14), Jorjino (22), Murilo (33), Perishich (42), Albiol (55), Kondogbia (61), Mertens (73).

«Karpi» — «Jyenoa»
Liga debyutanti «Karpi» esa xavfli zonadan chiqib oldi. «Jyenoa»ga qarshi o‘yindagi yirik g‘alabada Armando Itstsoning maydondan chetlatilishi muhim rol o‘ynadi. Unga qadar hisobda oldinda borayotgan mehmonlar, bir kishi qolgandan keyin 4ta gol o‘tkazib yuborishdi. «Karpi» ochkolari sonini 31 ta yetkazib, 28 ochkosi bor «Palermo»ni xavfli zonaga tushirib yubordi. «Jyenoa» esa 40 ochko bilan 11-o‘rinda qayd etilgan.

«Karpi» — «Jyenoa» 4:1
Gollar: Leonardo Pavoletti, 34 (0:1). Antonio Di Gaudio, 45+4 (1:1). Lorentso Lollo, 45+5 (2:1). Lorentso Pashiuti, 49 (3:1). Stefano Sabelli, 86 (4:1).
Ogohlantirishlar: Galolo (22), Itstso (25), Lollo (42), Poli (53), Mbakogu (67).
Chetlatish: Armando Itstso, 45+1 (J).

«Bolonya» — «Torino»
Hali ligada qolish masalasini hal etmagan «Bolonya» o‘z uyida «Torino»ga mag‘lub bo‘ldi - 0:1. Bolonyaliklar 37 ochko bilan 13-o‘rinda. «Torino» esa bu g‘alabadan keyin keyingi mavsumda ham A seriyada ishtirok etish masalasini hal qildi - 42 ochko va 10-o‘rin.

«Bolonya» — «Torino» 0:1
Gol: Andrea Belotti, 90+2-pen (0:1).
Ogohlantirishlar: Rossettini (13), Briyentsa (28), Bovo (41), Masina (82), Mirante (90).

Bugun «Roma» «Atalanta» maydoniga boradi, «Yuventus» «Palermo»ni qabul qiladi, «Milan» esa safarda «Sampdoriya»ga qarshi o‘ynaydi. Shuningdek, bugun «Udineze» — «Kevo», «Fiorentina» — «Sassuolo», «Verona» — «Frozinone» hamda «Latsio» — «Empoli» uchrashuvlari o‘tkaziladi.

Top