21:03 / 17.04.2016
1422

Basketbolchi Kobi Brayantning faoliyatidagi so‘nggi o‘yindan olingan havo 20 ming dollarga sotilmoqda

14 aprelda amerikalik afsonaviy basketbolchi Kobi Brayant o‘zining faoliyatidagi so‘nggi basketbol uchrashuvini o‘tkazdi. Uning "Los Anjyeles Leykers" jamoasi "Yuta jazz" jamoasini 101:96 hisobida yengdi. Brayant bu o‘yinda 60 ochko to‘pladi.

Uchrashuvdan keyin internet-auksionlar Brayantning oxirgi uchrashuvidan olingan havo solingan paketlar sotilishi haqidagi e'lonlar bilan to‘lib ketdi. Bu paketlar uchun 20 dollardan 20 ming dollargacha so‘ralmoqda.

Top