20:02 / 17.04.2016
1523

"Formula-1"ning Xitoy Gran-prisini Niko Rosberg yutdi

"Formula-1" avtopoygasining Xitoy Gran-prisini "Mersedes" jamoasining nemis poygachisi Niko Rosberg yutdi. Bu g‘alaba poygachi uchun avvalgi mavsumdagi uchta poygani hisobga olganda ketma-ket 6-g‘alaba bo‘ldi. 2-o‘rinni uning yurtdoshi, "Ferrari" jamoasi vakili Sebastyan Fettel egalladi.

E'tiborlisi, 3-o‘rin rossiyalik poygachi Daniil Kvyatga nasib qildi. "Red Bull" jamoasining 21 yoshli poygachisi o‘z faoliyatida ikkinchi marta g‘oliblar shohsupasiga ko‘tarildi. O‘tgan yil iyulida rossiyalik sportchi Vengriya Gran-prisida 2-o‘rinni egallagandi va "Formula-1"ning rossiyalik poygachilari o‘rtasida eng yaxshi natijani namoyish qilgandi.

Poyga quyidagicha yakunlandi:

1. Niko Rosberg (Germaniya, "Mersedes") - 1:38.53,891
2. Sebastyan Fettel (Germaniya, "Ferrari") +37,776
3. Daniil Kvyat (Rossiya, "Red Bull") +45,936
4. Daniel Rikkyardo (Avstraliya, "Red Bull") +52,688
5. Kimi Raykkonen (Finlyandiya, "Ferrari") +1.05,872
6. Felipe Massa (Braziliya, "Uilyams") +1.15,511
7. Lyuis Xemilton (Buyuk Britaniya, "Mersedes") +1.18,230
8. Maks Ferstappen (Niderlandiya, "Toro Rosso") +1.19,268
9. Kichik Karlos Sayns (Ispaniya, "Toro Rosso") +1.24,127
10. Valtteri Bottas (Finlyandiya, "Uilyams") +1.26,192
11. Serxio Peres (Meksika, "Fors Indiya") +1.34,283
12. Fernando Alonso (Ispaniya, "Maklaren") +1.37,253
13. Jyenson Batton (Buyuk Britaniya, "Maklaren") +1.41,990
14. Esteban Guterres (Meksika, "Xaas") +1 aylana
15. Niko Xyulkenberg (Germaniya, "Fors Indiya") +1 aylana
16. Markus Eriksson (Shvetsiya, "Zauber") +1 aylana
17. Kevin Magnussen (Daniya, "Reno") +1 aylana
18. Paskal Verlyayn (Germaniya, "Manor") +1 aylana
19. Romen Grojan (Shveytsariya, "Xaas") +1 aylana
20. Felipe Nasr (Braziliya, "Zauber") +1 aylana
21. Rio Xaryanto (Indoneziya, "Manor") +1 aylana
22. Jolion Palmer (Buyuk Britaniya, "Reno") +1 aylana.

3-bosqichdan keyin chempionatdagi umumiy vaziyat quyidagicha ko‘rinish oldi:

1. Rosberg - 75 ochko
2. Xemilton - 39
3. Rikkyardo - 36
4. Fettel - 33
5. Raykkonen - 28
6. Massa - 22
7. Kvyat - 21
8. Grojan - 18
9. Ferstappen - 13
10. Bottas - 7.

Top