10:01 / 17.04.2016
1424

Germaniyalik bokschi Feliks Shturm doping qabul qilishda ushlandi

Butunjahon boksyorlik uyushmasi (WBA) versiyasi bo‘yicha 76,2 kg gacha vazn toifasida germaniyalik jahon chempioni Feliks Shturm doping qabul qilishda ushlandi. Uning qon namunasi stanozolol anabolik moddasi borligiga ijobiy natija berdi.

Bokschidan doping namuna rossiyalik bokschi Fyodor Chudinov bilan jangidan keyin olingan, deb ma'lum qildi "Patriot" promouterlik kompaniyasi sport direktori Dmitriy Luchnikov. Doping sinovni Germaniya milliy antidoping agentligi (NADA) o‘tkazgan, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.

Fevralda Shturm va Chudinov o‘rtasidagi jangda nemis charm qo‘lqop ustasi ochkolar bo‘yicha g‘olib bo‘lgandi. Rossiyalik bokschi tomoni hakamlarning qaroridan norozi bo‘lgan: hakamlardan biri durang natija qayd qilgan, qolgan ikki hakam g‘alabani minimal ustunlik bilan Shturmga bergan. Jangning natijasi yuzasidan shikoyat arizasi berilgan va bokschilarning qo‘lqoplari ekspertizasi o‘tkazilgan.

Endi rossiyalik bokschiga u yutqazib qo‘ygan WBA jahon chempioni unvoni qaytarilishi mumkin.

Top