15:31 / 17.04.2016
1361

Jyerrard: «Umid qilamanki, «Borussiya» ustidan g‘alaba «Liverpul»ga Yevropa Ligasini yutishda yordam beradi»

«Liverpul» jamoasining sobiq sardori Stiven Jyerrard mersisaydliklar klubining Yevropa Ligasida Dortmundning «Borussiya» jamoasi ustidan qozonilgan irodali g‘alabasi (4:3, 5:4 – ikki o‘yin natijasiga ko‘ra yarim final yo‘llanmasi) haqida fikr bildirib o‘tdi.

«Bu meni hayron qoldirgani yo‘q. Men bu jamoa ishtirokida «Enfild»da ro‘y bergan ko‘plab kambeklarda ishtirok etganman. Bunday g‘alabalarda muxlislarning o‘rni alohida bo‘ladi. Qachonki ular jamoani qo‘llab-quvvatlab turishsa, ular jamoaning 12-o‘yinchisiga aylanishadi.

Umil qilamanki, jamoa bu natijalardan keyin o‘ziga bo‘lgan ishonchni yanada oshiradi va turnirdagi ishtirokni oxirigacha davom ettirib, g‘olib chiqadi. Bu o‘ziga xos g‘alaba bo‘lardi. Keyingi bosqichda jamoani juda kuchli raqib kutib turibdi», – deydi Jyerrard.

«Liverpul» Yevropa Ligasi yarim finali uchun tashlangan qur'a natijalariga ko‘ra, turnir finaliga chiqish uchun 28 aprel va 5 may kunlari Ispaniyaning «Vilyarreal» jamoasiga qarshi o‘ynaydigan bo‘ldi.

Yurgen Klopp: «Men yigitlarga «Liverpul» YeChL finalida 0:3ga yutqaza turib yutib ketganini eslatdim»

Klopp: «Liverpul»ning Yevropa Ligasini yutish bo‘yicha imkoniyati? Iltimos, bunaqa bema'ni savol bermang»

Top