09:01 / 17.04.2016
1457

Oliy liga, 5-tur. «Bunyodkor» «Olmaliq»ni mag‘lub etib, 2-o‘ringa ko‘tarildi va boshqa natijalar

16 aprel kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy Ligasida 5-turning 4ta uchrashuvi o‘tkazildi.

«Neftchi» o‘z maydonida «So‘g‘diyona»ga sensatsion ravishda imkoniyatni boy berdi. Bir tur avval Toshkentning «Lokomotiv» klubidan o‘z uyidagi uchrashuvda ochko olgan jizzaxliklar jamoasi, bu safar Farg‘onadani 3 ochko bilan qaytdi.

«So‘g‘diyona» dastlabki ikki turni boy bergan, keyingi ikki turda durang qayd etgandi. «Neftchi» ustidan qozonilgan g‘alaba mavsumdagi birinchisi bo‘lib, endilikda klub turnir jadvalida 9-o‘ringa ko‘tarilib oldi. «Neftchi» 3 ochko bilan 13-o‘rindan joy olgan.

Bekobodning «Metallurg» klubi esa o‘z maydonida Toshkentning «Obod» jamoasini qabul qildi va 2:1 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. Poytaxtliklar jamoasi 3-daqiqadayoq hisobda oldinga chiqib olgandi. Ikkinchi bo‘limda mezbonlar g‘alabani o‘z tomonlariga og‘dira olishdi.

5-turdan keyin ochkolari sonini 12 taga yetkazib olgan «Metallurg» turnir jadvalida 3-o‘ringa joylashgan. Turnir debyutanti «Obod» esa 2 ochko bilan 15-o‘rinda qolmoqda.

5-turda Namanganning «Navbahor» klubi G‘uzorning «Sho‘rtan» klubiga qarshi o‘yinda mavsumdagi birinchi g‘alabasini nishonladi 3:1. G‘uzorliklar aavvalgi to‘rt turning barchasida mag‘lub bo‘lib, o‘zi uchun antirekord qayd etgandi. Navbatdagi mag‘lubiyatdan keyin mavsumni 5ta mag‘lubiyat bilan boshlash orqali klub bu antirekordni yangiladi.

«Sho‘rtan» mavsum boshidan buyon birorta ham ochko ishlay olmagan Oliy Liganing yagona jamoasi bo‘lib turibdi. «Navbahor» hisobida esa endilikda 4 ochko mavjud (10-o‘rin).

Kunning so‘nggi o‘yinida «Bunyodkor» «Olmaliq»ni 4:2 hisobida mag‘lub etishga muvaffaq bo‘ldi.

5-turdan keyin Sergey Lushchan shogirdlari ochkolari soni 13taga yetdi. «Lokomotiv» va «Nasaf» hisobida ham shunchadan ochko bor. To‘plar nisbatiga ko‘ra «Bunyodkor» Qarshi klubidan oldinda, temiryo‘lchilardan keyingi pog‘onada joylashgan.

«Buxoro» 17 aprel kuni o‘z maydonida «Andijon»ni qabul qiladi. Buxoroliklar o‘tgan turlarda o‘z darvozalari daxlsizligini saqlab qolishgan va 8 ochko bilan 7-o‘rinda joylashishgan. «Andijon» 3 ochko bilan 12-o‘rinda.

O‘zbekiston Oliy Ligasi
5-tur bellashuvi
16 aprel, shanba

«Bunyodkor» — «Olmaliq» 4:2
Gollar: Eldor Shomurodov, 13 (1:0). Farhod Tojiyev, 30-pen (1:1). Bahodir Nasimov, 34 (2:1). Bahodir Nasimov, 45 (3:1). Doniyor Ismoilov, 56 (3:2). Doston Hamdamov, 58 (4:2).

«Metallurg» — «Obod» 2:1
Gollar: Sanjar To‘raqulov, 2 (0:1). Zohid Abdullayev, 52 (1:1). Dilmurod Karimov, 68 (2:1).

«Navbahor» — «Sho‘rtan» 3:1
Gollar: Oleksandr Pishur, 1 (1:0). Abbos Amonov, 31 (1:1). Akrom Bahriddinov, 72 (2:1). Mo‘ydin Mamazulonov, 73 (2:1).

«Neftchi» — «So‘g‘diyona» 0:1
Gol: Bobur Qosimov, 90+2 (0:1).

Top