09:37 / 17.04.2016
2134

O‘zbekistonda joriy yilning 1-choragida 167,4 ming kishi ish bilan ta'minlandi

O‘zbekistonda joriy yilning yanvar-mart oylari davomida jumladan 49,2 mintta yangi ish o‘rni yaratish hisobiga 167,4 ming kishi ish bilan ta'minlandi. Bu haqda 16 aprelda O‘zbekiston Mehnat vazirligi hay'at majlisida ma'lum qilindi.

Eng ko‘p yangi ish o‘rni sanoat sohasida yaratildi: 12,9 mingta, xizmat ko‘rsatish va servis sohasida – 11 mingta, qurilish sohasida – 9700 ta, qishloq xo‘jaligi sohasida – 6200 ta, ijtimoiy infratuzilma sohasida — 5200 ta, faoliyat yuritmayotgan korxonalarni tiklash hisobiga 4200 ta ish o‘rni yaratildi.

Eng ko‘p odam Farg‘ona viloyati va Toshkent shahrida ish bilan ta'minlandi: mos ravishda 19,9 ming va 19,5 ming kishi. Samarqand viloyatida bu raqam 16,3 mingni, Toshkent viloyatida — 15,6 ming, Qashqadaryo viloyatida — 15 ming, Andijon viloyatida — 14,5 ming va Namangan viloyatida 12,8 mingni tashkil qildi.

Xususiy tadbirkorlik sohasida 1-chorakda 32,7 ming kishi, kichik korxona va mikrofirmalarda 29,5 kishi ish bilan ta'minlandi. Kasanachilik asosida 25,8 ming kishi, jumladan ayollar, imkoniyati cheklangan odamlar va xorijda ishlab qaytganlar ish bilan ta'minlandi. Vaqtinchalik bir martalik ish bilan ta'minlash markazlari orqali 31,5 ming nafar fuqaro vaqtinchalik bir martalik ishlarga jalb qilindi.

3 oy davomida Mehnat vazirligi bo‘limlari tomonidan butun respublika bo‘yicha 312 ta bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etildi, unda 16,2 mingta ish beruvchilar vakillari,
59,2 ming nafar ish qidirayotgan fuqarolar ishtirok etishdi. Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkalarida 12,9 ming nafar shaxs ishga yo‘llanma oldi, 31,7 ming nafar shaxsga xuquqiy maslahatlar berildi.

Itimoiy muhofazaga muhtoj shaxslar kvotalari bo‘yicha 15,4 ming nafar fuqaro ishga joylashtirildi.

Birinchi chorakda 7,8 ming nafar ta'lim muassasalari bitiruvchilari; 3,7 ming nafar yolg‘iz ota, onalar hamda 14 yoshgacha va nogiron bolaliklar; 589 nafar yosh bolali ishlamaydigan ayollar; 1,0 ming nafar qamoqdan ozod etilganlar; 636 nafar muddatli harbiy xizmatdan bo‘shatilganlar ishga joylashtirildi.

Birinchi chorakda 1,8 ming nafar ishsiz fuqaro turli kasblar bo‘yicha o‘qitildi, 252 kishi hunarmandchilik sohasida ish malakasi oldi.

O‘zbekiston Mehnat vazirligi O‘zbekiston Prezidentining 22 fevraldagi farmoni bilan Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi negizida yaratildi. Yig‘ilishda mehnat vaziri Aziz Abduxakimov ta'kidlaganidek, o‘zgarishlar aholini ish bilan ta'minlash masalalari bilan samaraliroq shug‘ullanish va bu yo‘nalishdagi ishni yangi sifat darajasiga ko‘tarishga imkon beradi.

Top