08:38 / 17.04.2016
1381

Peruda avtobus jarlikka tushib ketishi oqibatida 24 kishi halok bo‘ldi

Peruda avtobus jarlikka tushib ketishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi. Mahalliy hukumat ma'lumotlariga ko‘ra, 30 kishi jarohat olgan.

Avtobus And tog‘laridagi Pasko hududida 30 metrlik balandlikdan jarlikka tushib ketgan. Voqea sabablari hozircha o‘rnatilmagan.

Ta'kidlanishicha, jarlikdan jarohatlanganlarni chiqarib olishga muvaffaq bo‘lingan, biroq halok bo‘lganlarning barchasining jasadini chiqarib olishga muvaffaq bo‘linmagan. Qutqaruv operatsiyasini o‘tkazishga daraga tushgan quyuq tuman xalaqit bermoqda, deb xabar bermoqda Foro TV telekanali.

Top