21:26 / 17.04.2016
1731

Yangi Samsung SM-C5000 devaysi benchmarklarda paydo bo‘ldi

Samsung yangi S-seriyali Galaxy smartfonlarini taqdim etishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Yaqinda Samsung SM-C5000 nomi ostidagi devays hind sayti Zauba’da paydo bo‘lgan edi, endi esa bu smartfon devaysi taniqli Geekbench ma'lumotlar bazasiga ham joylashtirildi. Saytda bo‘lajak yangilikning ba'zi texnik xususiyatlari keltirib o‘tilgan. 

Unga ko‘ra, smartfon 5,2-dyuymli displey, 1,5 GGts chastotali sakkiz yadroli Qualcomm Snapdragon 617 protsessori, Adreno 405 grafik kartasi va 4 GB tezkor xotiraga ega bo‘ladi. Samsung SM-C5000 Android 6.0.1 Marshmallow operatsion tizimi ostida ishlaydi.
Devaysning taxminiy bahosi 205 dollarni tashkil etadi. Debyut smartfon Samsung Galaxy C5 nomi ostida ishlab chiqarilishi mumkin. Mish-mishlarga ko‘ra, Samsung C7000 (Galaxy C7) ustida ish olib borilmoqda.
Samsung Galaxy S-seriyali smartfonlari Xitoy bozorlarida shiddat bilan ishlab chiqilmoqda, biroq devayslar sotuvi faqatgina Xitoy bilan cheklanib qolmaydi. Samsung smartfonlarining yangi tarmoqlari haqida boshqa batafsil ma'lumotlar yo‘q.

Top