08:53 / 18.04.2016
1304

400 dan ko‘proq muhojir Yevropaga ketayotganda halok bo‘ldi

O‘rta Yer dengizida Yevropaga ketayotgan 400 dan ko‘proq muhojir cho‘kib ketdi. Bu haqda Misr axborot manbalariga iqtibos keltirilgan holda ma'lum qilindi.

Ta'kidlanishicha, qurbonlarning ko‘pchiligi Somali fuqarolari bo‘lgan.

Ular Misrdan Italiyaga qayiqda ketayotgan bo‘lganlar. To‘lib-toshgan qayiq Afrika qirg‘oqlari yaqinida to‘ntarilib ketgan. Hozircha boshqa tafsilotlar ma'lum qilinmagan.

2015 yilda Yevropaga O‘rta Yer dengizi orqali 70 mingdan ko‘proq noqonuniy muhojir kechib o‘tgan. 3700 dan ko‘proq muhojir dengizda cho‘kib ketgan.

Top