20:44 / 18.04.2016
1872

Amerikalik sobiq qallig‘i uzukni qaytarishdan bosh tortgani uchun uning ustidan sudga shikoyat qildi

Amerikalik Filipp Lenger o‘zining sobiq qallig‘i Eshli Jyey Chesler 30 ming dollarlik uzukni qaytarishdan bosh tortgani uchun uning ustidan sudga shikoyat qildi. Bu haqda New York Post nashri xabar bermoqda.

Juftlik Nyu-Yorkning Manxetten tumanidagi barlardan birida tanishgan. Lenger 3 oydan keyin o‘zining sevgilisiga turmushga chiqish taklifini bildirgan. U Cheslerga olmos va yoqutli uzuk tuhfa qilgan.

Biroq qiz nikohni bekor qildi. Uzukni esa qaytarib bermadi. Sud hujjatlarida Lengerning ta'kidlashicha, Chesler shtat qonuniga ko‘ra uzukni qaytarib berishi kerak.

Yigit uzukni qaytarishni yoki uning pulini to‘lashni talab qilmoqda.

Top