18:08 / 18.04.2016
1723

Apple iPhone ishlab chiqarish miqdorini pasaytirishda davom etmoqda

Apple kompaniyasi sotuv miqdori tushib ketgani bois, joriy yilning ikkinchi kvartalida iPhone ishlab chiqarishni kamaytirdi. Bu haqda Nikkei gazetasi xabar bermoqda.

2015 yilning kuzidan iPhone 6s va iPhone 6s Plus smartfonlariga bo‘lgan talabning keskin tushib ketishi natijasida, 2016 yilning birinchi kvartalidan boshlab, smartfonlar ishlab chiqarish hajmi pasaytirildi. Nikke gazetasining ma'lum qilishicha, kompaniya ikkinchi kvartalda ham shu siyosatini qo‘llashda davom etgan. Bundan tashqari, Apple o‘zining so‘nggi flagmani iPhone SE smartfoni orqali bu pasayishni qoplashga harakat qilmayapti.

Ma'lum bo‘lishicha, ishlab chiqarishning pasayishi aksessuarlar yetkazib beruvchi kompaniyalar faoliyati bilan ham bog‘liq. Gap Japan Display, Sharp, Toshiba va Sony haqda bormoqda.

Top