23:47 / 18.04.2016
1552

AQSh Iroqda harbiylarining soni oshirilishini ma'lum qildi

Pentagon rahbari Eshton Karter Bag‘dodga tashrifi davomida AQSh Iroqda IShIDga qarshi harbiy kampaniyasini kuchaytirishini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Karter Bag‘dodda amerikalik harbiylar, Iroq bosh vaziri va mudofaa vaziri bilan uchrashgan.

Karter Iroqqa yana 200 nafar amerikalik harbiy yuborilishini aytgan. Shu tariqa, amerikalik harbiylarning Iroqdagi umumiy soni 4,1 mingga yaqinga yetadi.

Karter, shuningdek, Pentagon peshmerg kurd harbiy tuzilmalariga 415 mln dollarlik moliyaviy ko‘mak ajratishini aytgan. U bunday qaror kurdlar hukumati byudjyet tanqisligiga duch kelgani bilan bog‘liqligini aytgan.

Avvalroq AQSh maxsus kuchlari Mosulda IShIDning yetakchilaridan biri Sulaymon Shabib al-Jaburiyni yo‘q qilgani ma'lum qilingandi.

Top