19:54 / 18.04.2016
1463

Buyuk Britaniya Liviyaga 10 mln funt sterling ajratdi

Buyuk Britaniya Liviyaga iqtisodiyotni tiklash va terrorchilik bilan kurashish uchun 10 mln funt sterling ajratdi, deb ma'lum qilindi. Britaniya tashqi ishlar vazirligi saytida.

"Britaniya tashqi ishlar vaziri Filip Xammond tashrifi vaqtida Liviyaning milliy birdamlik hukumatiga 10 mln funt sterling ajratilishini ma'lum qildi", deyilmoqda xabarda.

Ta'kidlanishicha, bu mablag‘ noqonuniy migratsiya, kontrabanda va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash uchun 1,5 mln funt sterling hamda terrorchilikka qarshi kurash uchun 1,8 mln funt sterlingni ham o‘z ichiga oladi.

Avvalroq Filip Xammond Liviyaga e'lon qilinmagan safar bilan kelgani ma'lum qilingandi.

Xammond muzokaralar davomida milliy birdamlik hukumati rahbari Fayoz as-Sirojning Liviya xalqi manfaati yo‘lida xavfsizlik, iqtisodiyot va ijtimoiy xizmatlarni tiklash masalalaridagi sa'y-harakatlarini ma'qulladi.

Top