10:34 / 18.04.2016
1510

Dunyodagi eng yirik BAES tez neytronli reaktori navbatdagi sinovdan muvaffaqiyatli o‘tdi

Beloyar AESning (Sverdlovsk viloyati) tez neytronli BN-800 reaktori sinovdan muvaffaqiyatli o‘tdi, u 85 foizli quvvat darajasidan 100 foizli quvvat bosqichini o‘zlashtirdi. Bu haqida 18 aprel kuni BAES matbuot xizmatiga tayanib, TASS nashri xabar berdi.

"15 aprel kuni nominal - 730 megavattdan 85 foiz quvvat darajasidagi BN-800 reaktorli yangi 4-raqamli energoblokning sinov dasturlari yakunlandi. Shu tariqa, 16 apreldan Beloyar AESning yangi energoblogi sanoat-tajriba ekspluatatsiyasi doirasida quvvatni o‘zlashtirish bo‘yicha keyingi bosqichga - 100 foizli nominal quvvatga o‘tadi ", - deyishdi u yerda.

BAES ma'lumotlariga ko‘ra, nominal quvvatga chiqqandan so‘ng joriy quvvat darjasida uskuna va tizimlar tekshiruv hamda sinovlardan o‘tkaziladi.

"Sanoat ekspluatatsiyasiga energoblokni 2016 yilning kuzida topshirish rejalashtirilmoqda", - deyiilgan korxona matbuot xizmati xabarida.

Beloyar AES 1964 yilning aprelida ishga tushirilgan. AESning ilk AMB-100 va AMB-200 issiqlik neytrondagi reaktorli energobloklari resurs chiqarish munosabati bilan to‘xtatilgan. Ekspluatatsiyada BN-600 sanoat quvvati darajasidagi tez neytronlardagi reaktorli energoblok mavjud. Quvvatni o‘zlashtirish bosqichida BN-800 tez neytronlardagi reaktorli energoblok bor, u dunyodagi eng yirik tez neytronli reaktor bo‘lishi kutilmoqda.

Top