15:24 / 18.04.2016
3319

Munisa Rizayevaning yo‘l qoidalariga zid ravishda avtomobil boshqarishi ko‘pchilikning noroziligiga sabab bo‘ldi

Xonanda Munisa Rizayeva qo‘lida go‘dak bilan mashina boshqarib, yomg‘irda sayr qilayotgan suratini instagramdagi o‘z sahifasiga joylashtirganida surat bir zumda muxlislar izohi va savollari bilan to‘ldi.

Ba'zilar Munisaga xush kayfiyat tilasa, ba'zilar esa “Bola bilan ehtiyot bo‘ling, YPX xodimlariga foydali bo‘libdi” kabi izohlar qoldirdi. Xususan, “Darakchi” gazetasining ayni shu hususida chop etgan maqolasida taniqli xonanda Munisa Rizayevaning yo‘l qoidasiga zid harakat qilayotgani, bu bilan u qo‘lidagi bola va o‘zini xavf ostiga qo‘ygani haqida aytib o‘tilgan.

Jumladan, bu borada O‘zbekistonda Xizmat ko‘rsatgan artistlardan Rayhon G‘aniyeva, Alisher Fayz, Sardor Rahimxon kabi san'atkorlar ham o‘z fikr va mulohazalarini bildirib o‘tishgan.

Oradan ko‘p o‘tmay, xonandaning instagrammdagi sahifasida o‘zi tomonidan boshqarib ketilayotgan avtomobil videosi ham paydo bo‘ldi. Rolikdan shunga guvoh bo‘lish mumkinki, Munisa Rizayeva avtomobil boshqarayotib, xavfsizlik kamarini taqishni unutgan yoki istamagan. Bu ham o‘z navbatida mavjud yo‘l qoidalariga zid keladi.

Top