20:20 / 18.04.2016
1841

Quddusda avtobus portladi

Quddus shahrida portlash sodir bo‘ldi. Reyter agentligi xabariga ko‘ra, avtobus portlagan va 20 kishi halok bo‘lgan.

Boshqa xabarlarda esa halok bo‘lganlar borligi inkor etilib, 20 kishi jarohatlangani, ulardan bir necha nafarining ahvoli og‘irligi aytilgan.

Voqea joyida olingan suratlarda ko‘rinishicha, 2ta avtobus hamda bir avtomobil yonib ketgan.

Hozircha bu hodisa haqida aniq ma'lumot berilmagan.

Top