19:43 / 18.04.2016
8348

Shimoliy Koreya poytaxti metrosidan fotoreportaj

So‘nggi yillarda Pxenyan metrosi dunyodagi eng sirli va maxfiy joylardan biri bo‘lib kelmoqda edi. Biroq suratkash Elliot Devisga barcha bekatlarda o‘nlab suratlar olishga ijozat berishdi. Sayohat to‘g‘risidagi hisobotni u shaxsiy saytida namoyish qildi.

Gizmodo nashrining ma'lum qilishicha, yaqin kunlargacha Shimoliy Koreyada xorijliklarga faqat ikkitagina bekatda suratga olish ruxsat berilardi, shuning uchun ko‘p jurnalistlar shaharda hech qanday yerosti transport tizimi yo‘q, ularning ma'lum qismlari esa shunchaki yuzaki tasavvur deb hisoblashardi. 

Devis bu da'volarni inkor etib, Pxenyan metrosining 16 bekatdan iborat ikkala tarmog‘ida sayr qildi va sayohati haqidagi hisobotni chop etdi.

Shimoliy Koreyaning yerosti transport tizimi dunyodagi eng chuqur tizimlardan biridir (ba'zi bekatlar 110 metr chuqurlikda joylashgan), biroq o‘rtacha chuqurligi bo‘yicha Sankt-Peterburg metrosidan ortda qoladi.

Pxenyan metrosida eskalatordan tushish odatda to‘rt daqiqagacha vaqt oladi, shu vaqt ichida shahar aholisi vatanparvarlik ruhidagi musiqani eshitishga majbur bo‘lishadi. Shimoliy Koreya metrosi mustahkam po‘lat qulfli bombapanoh hamdir.a

Suratkashning ta'kidlashicha, metro juda samarali va  toza. Bundan tashqari u bekatlarning ichki intereridagi ko‘plab byustlar va mozaika suratlarida o‘ziga xoslikni qayd qilgan.

 

 

Top