19:08 / 18.04.2016
2233

Super Mario o‘yinining o‘tish tezligi bo‘yicha yangi rekord o‘rnatildi

Amerikalik maktab o‘quvchisi Super Mario Bros o‘yinining o‘tish tezligi bo‘yicha yangi jahon rekordini qayd etganligi aks ettirilgan videoni tarmoqlarga yukladi. Malikani qutqarib, o‘yinni yakunlashi uchun unga bor-yo‘g‘i 4 daqiqa, 57 soniya va 260 millisekund yetarli bo‘ldi.

Foydalanuvchi Darbian tomonidan 13 aprel kuni YouTube kanaliga joylashtirilgan rolik besh kun ichida 1,9 million marta tomosha qilindi.

BGR portalining ma'lumotlariga ko‘ra, Super Mario Bros o‘yinining o‘tish tezligi bo‘yicha avvalgi rekord ham aynan Darbian tomonidan amalga oshirilgan va u 4 daqiqa, 57 soniyani i 427 millisekundni o‘z ichiga olgan.

Shunday qilib, rekordlar orasidagi farq bor-yo‘g‘i 167 millisekundni tashkil etadi.

Super Mario Bros. — bu 1985 yilda Nintendo kompaniyasi tomonidan ishga tushirilgan. U tarixda eng ko‘p sotilgan o‘yin sifatida “Ginnes rekordlari kitobi”ga kiritilgan. 2005 yilda Super Mario Bros. IGN sayti tomonidan “barcha davrning eng yaxshi o‘yini”, deya e'tirof etilgan. O‘yinning bosh qahramoni bo‘lgan chilangar Mario esa eng mashhur o‘ylab topilgan personajlardan biri bo‘lib, Nintendo kompaniyasining ramziga aylandi.

Top