11:31 / 18.04.2016
2824

Toshkent moliya institutiga yangi rektor tayinlandi

Iqtisod fanlari doktori, professor Baxodir Begalov Toshkent moliya institutining rektori etib tayinlangan. U shu yilning 7 aprelidan yangi vazifasiga kirishgan. Bu haqda institut matbuot xizmati ma'lum qilgan.

Baxodir Begalov Abdusalomovich 1968 yilda Toshkent viloyatining Bekobod shahrida tug‘ilgan. Oliy iqtisodiy ma'lumotga ega. 1992 yilda Moskva iqtisod-statistika institutini bitirgan. 1992—2012 yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida 3-kategoriya muhandisi, katta o‘qituvchi, dotsent, o‘quv ishlari bo‘yicha dekan muovini, dekan, prorektor lavozimlarida ishlagan.

2012—2016 yillarda Davlat statistika qo‘mitasi raisining o‘rinbosari bo‘lib ishlagan. O‘rindoshlik asosida TDIUning «Iqtisodiyotda axborot tizimlari» kafedrasi professori lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

Bundan oldinroq, boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Baxodir Begalov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 7 apreldagi qaroriga muvofiq, Davlat statistika qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimidan ozod etilgani haqida xabar berilgandi.

Top