07:15 / 18.04.2016
1454

Xitoyda 4500 yillik qabr topildi

Xitoyning Sichuan viloyatida ekspertlarning fikricha 4500 yillik, yaxshi saqlanib qolgan odam suyaklari topildi, deb xabar bermoqda mahalliy arxeologlarga iqtibos keltirgan holda "Sinxua" axborot agentligi.

Qabr Sian Chjao qishlog‘ida joylashgan. Bu qishloq hududida avval qadimiy shahar bo‘lgan.

Arxeologlarning aytishicha, suyaklar suv osti suvlari qatlami ostida yotgani va havo bilan ta'sirlashmagani uchun yaxshi saqlanib qolgan.

Ta'kidlanishicha, topilma neolit davridagi odamlarning salomatligi, ovqatlanishi, og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklari va parhez tarkibini aniqlashga yordam beradi.

Bundan tashqari, qabrda ko‘plab madaniy asori-atiqalar: toshlardan, sopoldan yasalgan buyumlar va fil suyagidan yasalgan ikkita bilakuzuk topilgan.  

Top