21:45 / 18.04.2016
2294

Yurak xurujiga chalingan insonlar ruhiy tushkunlikka moyil bo‘lishi aniqlandi

Olimlar yurak bilan jiddiy muammolari mavjud bo‘lgan kishilar kuchli stressni boshdan o‘tkazib, charchoq va ruhiy tushkunlikka ko‘proq moyil bo‘lishlarini aniqlashdi. Biroq ularga shunga o‘xshash alomatlar kuzatilgan boshqa odamlarga nisbatan kamroq antidepressantlar qo‘llashni tavsiya etilgan. Tadqiqot natijalari EuroHeartCare kongressida e'lon qilindi.

«Biz bilamizki, stress va ruhiy tushkunlik yurak huruji uchun havfli omillardan biri sanaladi. Biz esa o‘z tadqiqotimizda ushbu aloqani isbotladik, - deya xabar beradi Karolin instituti shifokori Barbro Kelstrem. – Biroq biz uchun yurak huruji bilan hastalangan bemorlarning ruhiy tushkunlikka qarshi boshqalarga nisbatan kamroq davolanishlari hayratlanarli va qiziq tuyuldi».

Tadqiqotchilarning fikricha, bu toifadagi bemorlar odatda, o‘zlari davolanishni istashmaydi yoki ularning ahvoli bunga alohida e'tibor qaratishga yo‘l qo‘ymaydi.

Kelstremning qayd etishicha, shifokorlar bemorlar o‘zlarini qanday his etayotganliklarini so‘rashlari va javoblarni diqqat bilan tinglashlari juda muhimdir.

Tadqiqot rahbarining qayd etishicha, zamonaviy kishilarda doimo stressga qarshi kurashish holati kuzatiladi. Insonlar o‘zini erkin tutib, dam ololmay, doimo aloqada bo‘lishga harakat qilishlari bu holatning sabablaridan biri hisoblanadi.

Top