21:22 / 19.04.2016
1865

Apple yangi pushti-oltinrang MacBook’ini taqdim qildi

Apple yangilangan MacBook noutbukini taqdim qildi. Dastlabki mahsulotlar pushti-oltinrang bo‘ladi. Bu haqda kompaniya press-relizida ma'lum qilingan.

MacBook 12-dyumli Retina displeyi bilan ta'minlangan va uning ishlash tezligi yaxshilangan.

Yangilangan MacBook 1,1 GGts yoki 1,3 GGts chastotali oltinchi avlod Intel Core M ikki yadroli protsessorlari bilan jihozlanadi. Yangi protsessor tufayli, kompaniya avtonom ishlash vaqtini uzaytirishga muvaffaq bo‘ldi. Noutbuk, shuningdek, 1866 MGts chastotali tezkor xotira va yanada tezroq ishlaydigan flesh-xotiraga ega bo‘ldi. 

Unga o‘rnatilgan Intel HD Graphics 515 grafik protsessori grafik tezlikni 25 foizga yaxshilaydi. MacBook’ning operativ xotirasi 8 Gb ni tashkil etadi.

Noutbukning og‘irligi - 907 gramm, qalinligi 13,1 mm. Qurilma 4ta rangda ishlab chiqariladi: oltinrang, kumushrang, "kulrang kosmos" va "pushti-oltinrang".

256 Gb xotirali MacBook narxi 106 990 rubl, 512 Gb lisi 129 990 rubl. Qurilmani 19 apreldan boshlan Apple internet-do‘konlaridan xarid qilish mumkin.

Qayd etish joizki, 2015 yil davomida Apple 20,38 mln dona kompyuter sotdi. Ular savdosidan olingan daromad 25,27 mlrd dollar atrofidani tashkil etadi. 2016 yilda bozor qatnashchilarining hisob-kitobiga ko‘ra, Apple kompyuterlari savdosi 20 mln dona atrofida bo‘ladi. Bu holat elektronika bozoridagi umumiy qulash va iqtisodiy vaziyatning beqarorligi bilan izohlangan.

Top