22:32 / 19.04.2016
4512

Dunyodagi eng kichik Android-smartfon

Posh Mobile Micro X S240 dunyodagi eng kichik smartfon nomiga da'vogarlik qila oladi.

Mazkur yangi qurilma narxi yaqinda Amazon saytida chegirma bilan 52 yarim dollarga baholandi. Gadjyet o‘lchami bor-yo‘g‘i 89x47x11.6 mm.ni tashkil etadi. Uning hajmini bank kartasi bilan qiyoslash mumkin. Og‘irligi – 52 gramm. Qurilmaning old qismi kamtarona ko‘rinishda bo‘lib, o‘zining dizayni bilan maqtana olmaydi. Biroq zamonaviy foydalanuvchilar uchun zarur bo‘lgan barcha parametrlarga ega.

Posh Mobile Micro X S240 smartfonida 240x432 pikselga ega 2.4 dyuymli sensor displeyi mavjud bo‘lib, chastota tezligi 1 GGts bo‘lgan 2 yadroli MediaTek MT 6572M chipi, 512 MB operativ va 4 GB o‘rnatilgan flesh xotira joylashgan. U shuningdek, 32 GB hajmgacha microSD kartalarini ko‘tara oladi. Tasvirga olish uchun 2 megapikselli asosiy modul va frontal VGA-kamera o‘rnatilgan. 650 mAch sig‘imli akkumulyator suhbat vaqtida 4 soatli va kutish vaqtida esa 180 soatli avtonom ishlashni ta'minlay oladi. Smartfon Android 4.4 Kit Kat operatsion tizimida vazifalar bajaradi. HSDPA+ tarmoqlarida ham ishlay oladi.

Top