19:50 / 19.04.2016
1876

Klichko ishga velosipedda qatnashga qaror qildi

Kiyev meri Vitaliy Klichko ishga velosipedda borishga qaror qildi. Bu haqda u o‘zining feysbukdagi sahifasida ma'lum qilgan.

"Do‘stlar! Shahar markazidagi ishxonamga velosipedda qatnashga qaror qildim. Bir necha kundan buyon pedal aylantirishni yaxshi o‘rganib oldim", deya yozgan Ukraina poytaxti meri.

Uning aytishicha, bu sog‘liq uchun o‘ta foydali hamda harakatlanish uchun qulay. Shu bilan birgalikda bu vositaning "minusi" haqida gapirgan mer velosipedda harakatlanish orqali yo‘llarda avtomobil haydovchilari bilan muammolarga duch kelinishi mumkinligini aytib o‘tgan.

Vesti.ua nashrining aniqlik kiritishicha, Klichkoning velosipedi Gocycle elektr motor bilan ta'minlangan. U soatiga 50 km tezlikkacha harakatlanishi mumkin. Bunday velosipedlar narxi Kiyevda 4,5 ming yevrodan boshlanadi.

O‘tgan yilda Klichko "Velosipedda ishga" aksiyasida ishtirok etgandi.

Top