16:13 / 19.04.2016
1877

Kuvaytda neftchilar ish tashlashining uchinchi kunida neft qazib olish hajmi 1,5 mln barrelga ko‘tarildi

Neft qazib chiqarish hajmi Kuvaytda 1,5 million darajasiga yetib, bir kecha-kunduzda 0,3 million barrelga oshdi. Bu haqda Kuvayt neft korporatsiyasi vakili shayx Talal al-Xolid as-Sabahning bergan ma'lumotiga tayanib TASS agentligi xabar tarqatdi.

"Favqulodda holatlarda ishlash rejasining amalga oshirilishi kutilganidan ham ortiq natijalar berdi. Kuvayt neft kompaniyasining ishlab chiqarishi mamlakat shimolida normal holatga qaytmoqda", - dedi u va "quruq neft qazib chiqarish darajasi bir kunda taxminan 1 million 500 ming barrel ko‘rsatkichiga yetgan"ligini ta'kidladi.

Kuvayt neft va neft-kimyo sanoati xodimlari 3 kundan buyon hukumatning maosh qisqartirilishi va chegirmalarning olib tashlanishiga qarshi ish tashlash o‘tkazishda davom etishmoqda. Aktsiyaga qo‘shilganlar Kuvaytning bir necha ming fuqarosi va davlat kompaniyasi xodimlaridan iborat.

Hozirgi vaqtda kasaba uyushmasi boshliqlari va vazirlik vakillari muzokaralar olib borishmoqda, biroq ular haqida hozircha ma'lumot yo‘q.

Top