20:47 / 19.04.2016
1572

Obama dunyoning barcha hududlaridagi vaziyat uchun AQSh mas'ul ekanini aytdi

AQSh prezidenti Barak Obamaning aytishicha, AQSh dunyoning g‘alayonlar, urush va ixtiloflar yuz berayotgan barcha hududlaridagi vaziyat uchun mas'ul. Bu haqda CBS telekanalida xabar berilgan.

"Fikrimcha, AQSh yagona buyuk davlat sifatida dunyoning g‘alayonlar, urush va ixtiloflar yuz berayotgan barcha hududlaridagi vaziyat uchun mas'ul va ijobiy kuch sifatida harakat qilishi kerak", deb aytgan Obama.

Shu bilan birgalikda, Obama bu ixtilof yuzaga kelayotgan istalgan joyga qo‘shin kiritishni anglatmasligini ta'kidlab o‘tdi.

Top