18:43 / 19.04.2016
4159

Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonga 170 mln dollarlik kredit taqdim etishi mumkin

Osiyo taraqqiyot banki 2016 yil oxirigacha O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish maqsadida kredit portfelini taqdim etishi mumkin. Bu haqda uzdaily.uz internet nashri xabar berdi.

OTB saytida keltirilgan ma'lumotlarga ko‘ra, kredit portfeli 170 million AQSh dollari atrofida bo‘lishi kutilayapti.

Hujjatda yozilishicha, loyiha 2016 yil may oyi oxirigicha ishlab chiqiladi. OTB direktorlar kengashi uni 2016 yil noyabrida ko‘rib chiqadi.

Kredit ajratiladigan bo‘lsa, olingan mablag‘lar O‘zbekiston agrar sektoridagi tuzilmaviy islohotlarni qo‘llab-quvvatlash, fermer xo‘jaliklari material-texnik bazalarini mustahkamlash, shuningdek, yetkazilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari turini ko‘paytirishga yo‘naltiriladi.

Top