14:21 / 19.04.2016
1507

Raneri: «Barselona» xotirjamlikni saqlab, o‘z o‘yinini ko‘rsatishda davom etishi kerak

Angliyaning «Lester Siti» klubi bosh murabbiyi Klaudio Raneri Kataloniyaning «Barselona» klubi tushib qolgan qiyin vaziyatdan qanday chiqib ketishi mumkinligi borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

«Albatta, bunday vaziyatda birinchi navbatda xotirjamlikni saqlab qolish kerak. Oldin qanday o‘y-xayollar o‘tgan bo‘lsa, xuddi shunday ruhda davom etish lozim. Agar senda natija keltiradigan g‘oya bo‘lsa, uni yana qo‘llash lozim. Agar bu natija bermayotganini ko‘rsang, o‘shanda g‘oyalarni o‘zgartirishga to‘g‘ri keladi», — deya Ranerining so‘zlaridan iqtibos keltiradi Sport.es.

Top