19:39 / 19.04.2016
1477

Ronaldu «PSJ» prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazgan

«Real» jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Parijga borib «PSJ» jamoasi prezidenti Nosir al-Halayfi bilan uchrashgan. Bu haqda France Football xabar tarqatgan.

Futbolchi Fransiya poytaxtiga YeChL chorak finali doirasida «Volfsburg»ga qarshi kechgan va 3:0 hisobidagi g‘alaba bilan yakunlangan uchrashuvdan keyinoq o‘z samolyotida uchib borgan.

Qayd etilishicha, Ronaldu parijliklar klubi rahbariyati bilan ilk marta uchrashmayapti va bu uning Parij jamoasiga o‘tishi haqidagi mish-mishlarni paydo qilgan.

Ronaldu ertalab Madridga qaytib ketgan va jamoa mashg‘ulotida ishtirok etgan.

Qayd etish kerakki, «PSJ»ni jamoa yetakchisi Zlatan Ibrahimovich tark etadi.

Bundan oldinroq, jamoa unga o‘rinbosar sifatida «Barselona» hujumchisi Luis Suaresga ham qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar paydo bo‘lgandi.

Top