19:04 / 19.04.2016
1257

Turkiya samolyotlari Iroq shimolida jangarilarga havo zarbalari amalga oshirdi

Turkiya aviatsiyasi Iroq shimoliga o‘rnashgan Kurdiston ishchilar partiyasi (KIP) jangarilarini bombaladi. Bu haqda Turkiya qurolli kuchlari bosh shtabi ma'lum qilgan.

Ma'lum qilinishicha, bugungi amaliyotda F-16 va F-4 rusumli 22ta samolyot ishtirok etgan.

"22ta harbiy samolyot Iroq shimolidagi Gara viloyati hududida o‘tkazilgan harbiy amaliyotda ishtirok etdi. Hujumdan maqsad jangarilarning qurol omborxonalarini yo‘q qilish edi", deyiladi bayonotda.

Shuningdek, harbiylar 18 aprel kuni Iroq shimolidagi Kandil va Avashin-Basyan tumanlarida ham shunday amaliyotlar o‘tkazilgani haqida ma'lum qilgan.

Top