06:01 / 19.04.2016
1397

Venesuela AQShni neft hajmini muzlatish bo‘yicha muzokaralarning muvaffaqiyatsiz yakunlanishida aybladi

Venesuela neft vaziri Euloxio del Pino Qatar poytaxti Dohada neft hajmini muzlatish bo‘yicha bo‘lib o‘tgan muzokaralar natijalarini "ranjitadigan" deb atadi. Uning aytishicha, muzokaralar AQShning bosimi tufayli barbod bo‘lgan.

"Birinchi marta OPeKka kiruvchi va kirmaydigan 18 ta davlat neft hajmini muzlatish bo‘yicha kelishuvni imzolagani uchrashdilar va bu imperiya manfaatlari uchun tahdiddek qabul qilindi. AQSh Davlat kotibi uchrashuvdan bir hafta oldin Fors ko‘rfazining barcha davlatlariga tashrif buyurib chiqdi. Bu bizning davlatga qarshi urush, chunki neft narxining pastligi Venesuelani tugatishga imkon beradi, deb hisoblanadi. Mutlaq ravshanki, bu iqtisodiy bosim elementlariga ega urushdir", deb aytdi del Pino jurnalistlarga.

Del Pino bunday harakatlar neft bozorining navbatdagi qulashiga olib kelishi mumkin, deb ta'kidladi. Bu esa ertami-kechmi ekspertlar yana muzokaralar stoli atrofiga o‘tirishlarini anglatadi, deb xabar bermoqda "Interfaks" axborot agentligi. 

"Bizga qanday yo‘l tutishimizni o‘ylab ko‘rishga vaqt kerak. Kelishuv shartini qaytadan muhokama qilish lozim", deb ta'kidlab o‘tdi del Pino.

Del Pino Rossiya energetika vaziri Aleksandr Novak bilan uchrashib, yuzaga kelgan vaziyatni muhokama qilmoqchi ekanligini aniqlashtirib o‘tdi.

Top