14:58 / 20.04.2016
1496

Anqara Sputnik-Turkiya bosh muharririga mamlakatga kirishni taqiqlab qo‘ydi

Turkiya hukumati Sputnik-Turkiya bosh muharriri To‘rali Kerimovning mamlakatga kirishini taqiqlab qo‘ydi. Bu haqda Sputnik-Turkiya saytida ma'lum qilindi. Voqea Istanbuldagi Otaturk aeroportida yuz berdi: jurnalist kelgan yo‘lovchilarni tekshirish punktida bir soatga yaqin ushlab turildi.

"Keyin menga Turkiyaga kirish man qilingan yo‘lovchi ekanligim aytilgan hujjat topshirildi. Hujjatda bu borada hech qanday tushuntirish berilmagan", deb Kerimovning so‘zlarini keltirib o‘tdi agentlik.

Kerimov, shuningdek, uning marbuot-kartasi va yashashga huquq beruvchi hujjati tortib olingani, shundan keyin unga Rossiyaga keyingi reys bilan uchib ketish taklif qilinganini aytdi.

14 aprelda Turkiya hukumati Rossiyaning Sputnik axborot agentligi saytlariga internet orqali kirishni taqiqlab qo‘ydi. Turkiya telekommunikatsiyalar va aloqalar portalida ma'lum qilingandek, agentlik sayti internet haqidagi qonun asosida to‘sib qo‘yilgan.

Rossiya tashqi ishlar vazirligida Turkiya Sputnik’ni taqiqlab qo‘yishga haqqi yo‘qligi aytilgan. "Buni huquqqa xilof aksiya va insonning asosiy huquq va erkinliklari, jumladan so‘z erkinligi va axborot olish huquqining navbatdagi qo‘pol buzilishi deb qaraymiz. Turkiya hukumatining OAVga ortib borayotgan bosimi va jurnalistlarni asossiz tahqirlash siyosati davom etmoqda, buning uchun Anqara bir necha bor nufuzli xalqaro hukumat va huquqni himoya qilish jamoatchilik tashkilotlari tomonidan tanqid qilingandi", deb ta'kidlab o‘tildi vazirlikda.

Top