20:03 / 20.04.2016
1582

Avstraliya o‘z hududining 1 foizini xitoyliklarga sotmoqda

Avstraliya Irlandiya hududiga teng bo‘lgan o‘z hududini xitoylik investorlarga sotish bo‘yicha bitim tuzdi, deb xabar bermoqda The Independent nashri.

Ma'lum qilinishicha, bitim qiymati 371 mln dollarni tashkil qildi. Endi tomonlar ikki davlat hukumatlarining ma'qullovini kutmoqdalar.

Sotilayotgan hudud Avstraliyadagi eng yirik fermerlik pomestesi hisoblanib, ayni vaqtgacha mamlakatda mol go‘shti ishlab chiqaruvchi eng yirik kompaniya S.Kidman & Co Ltd.’ga tegishli bo‘lgan.

Yerning maydoni deyarli 11 mln gektar yoki Avstraliya hududining 1 foizini tashkil qiladi.

Top