10:36 / 20.04.2016
2132

Britaniyalik olimlar Britaniya eng ko‘p piyonistalar yashaydigan davlat ekani haqidagi farazni yo‘qqa chiqarmoqchi bo‘lishdi

Britaniyalik tadqiqotchilar mamlakat bo‘ylab spirtli ichimliklar ichish madaniyatini o‘rganib chiqdi. Mualliflar fikriga ko‘ra, bu tadqiqot natijalari "Buyuk Britaniyani spirtli ichimliklarni haddan ortiq qabul qiluvchi odamlari juda ko‘p davlat" degan tasavvurlarni yo‘qqa chiqaradi. Tadqiqot Addiction jurnalida chop etilgan.

Olimlar quyidagi ma'lumotlarni aniqladi. Buyuk Britaniyada me'yoridan ortiq spirtli ichimlik qabul qilish holatlarining deyarli yarmi (46 foiz) uy sharoitida uchraydi. Uy sharoitida sherik bilan ichganda 10 foiz odam o‘ta mast ahvolga tushib qoladi.

Britaniyaliklarning 14 foizigina uyda yolg‘iz holda spirtli ichimlik ichadi, oilasi bilan 13 foiz, uyda do‘stlar davrasida (me'yoridan ko‘paytirmagan holda) – 20 foiz spirtli ichimliklar qabul qiladi. Taxminan 11 foiz britaniyaliklar spirtli ichimliklarni ichishni uyda sheriklari bilan boshlab, pab-kafelarda davom ettirishni ma'qul ko‘radi.

Bunda har bir britaniyalik o‘rtacha 14 birlik alkogol (yetti pint piva yoki yarim butilka vino) iste'mol qiladi. Bunday davra ishtirokchilari me'yordan oshirmaslikka urinadi.

Tadqiqot ishlarida olimlar 2009-2011 yillar davomida Alcovision Kantar Worldpanel loyihasi doirasida 90 ming katta yoshli odamlarning turmush tarzi o‘rganilgan ishdan foydalandi. Qo‘shimcha sifatida esa ishtirokchilar spirtli ichimlik qabul qilish joyi, vaqti va sababi bilan bog‘liq savollarga javob berishdi.

Top