11:31 / 20.04.2016
1909

Dunyoda neft narxi pastlashda davom etmoqda

Bugun, 20 aprel kuni Brent markasidagi neft narxi London va Nyu-York birjalaridagi elektron savdolarning ochilishida yana pasaydi.

WTI markasidagi neftning may fyucherslari Nyu-York tovar birjasidagi elektron savdolar davomida 2,46 foizga pastladi va barreliga 40,07 dollarni tashkil qildi.

Brent markasidagi neftning iyun fyucherslari London birjasidagi savdolar chog‘ida 1,98 foizga arzonlashib, bir barrel uchun 43,16 dollargacha yetdi.

Top