06:07 / 20.04.2016
1282

Ekzit-pol natijalari Klintonning Nyu-Yorkdagi praymerizda ustunligini ko‘rsatdi

AQShning sobiq Davlat kotibi Xillari Klinton AQSh prezidenti lavozimiga Demokratik partiyadan praymerizda Nyu-York shtatida o‘zining raqibi senator Berni Sandersni ortda qoldirdi.

Saylovchilar bilan o‘tkazilgan so‘rovnomadan olingan dastlabki natijalarga ko‘ra, Klinton Nyu-York shtatida 53 foiz ovoz, Sanders esa 47 foiz ovoz to‘plagan, deb xabar bermoqda ABC News telekanali. Biroq yakuniy natijalar farq qilishi mumkin.

Nyu-Yorkdagi praymerizdan iyulda bo‘lib o‘tadigan partiyadan prezidentlik saylovlarida ishtirok etuvchi yagona nomzodni aniqlashda delegatlarning 247 ovozi bog‘liq bo‘ladi.

Ayni vaqtda Klintonda delegatlarning 1758 ta ovozi, Sandersda esa 1076 ta ovozi bor, shuning uchun bu natija hal qiluvchi bo‘lishi mumkin.

Top