19:25 / 20.04.2016
1564

Fidel Kastro o‘limi yaqinlashayotganidan ogohlantirdi

Kuba inqilobi yetakchisi Fidel Kastro Kuba kommunistik partiyasi qurultoyi yopilishida o‘zining o‘limi yaqinlashayotganidan ogohlantirdi, deb xabar bermoqda The Independent nashri.

"Yaqinda men 90 yoshga to‘laman. Yaqinda men hamma kabi bo‘laman. Barcha ham poyoniga yetadi", deb aytdi kommandante.

Kastro uning qurultoydagi nutqi partiya qurultoylari zalidagi oxirgisi bo‘lishi mumkinligi, biroq Kuba kommunizmi g‘oyasi "agar bor kuch va o‘z qadrini bilish hissi bilan ishlansa, unda insonga zarur bo‘lgan barcha moddiy va madaniy boyliklarni ishlab chiqarish mumkinligi" isboti bo‘lib qolishiga ishonchi komilligini aytdi.

Avvalroq Kastro Yerga xavf solayotgan xatarlar haqida ogohlantirgani ma'lum qilingandi.

Kommandantening ukasi Raul Kastro partiyadoshlariga rahbarlik lavozimlarini 70 yoshgacha ozod qilishni taklif qilgandi.

Top