08:26 / 20.04.2016
2159

Ibrahimovichning goli «PSJ»ni Fransiya Kubogi finaliga olib chiqdi

Fransiya Kubogining yarim finalida «Loryan» «PSJ» bilan o‘ynadi.

Uchrashuv 1:0 hisobida parijliklarning g‘alabasi bilan yakunlandi.

O‘yinning 75-daqiqasida shvetsiyalik hujumchi Zlatan Ibrahimovich tomonidan urilgan gol yakunda poytaxtliklar klubga kichik hisobdagi g‘alabani taqdim etdi.

Shu tariqa, «PSJ» Fransiya kubogining finaliga chiqdi.

Yarim finalning ikkinchi uchrashuvi bugun «Sosho» va «Marsel» jamoalari o‘rtasida o‘tkaziladi.

Fransiya kubogi. 1/2 final
Loryan – PSJ 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 75 Ibrahimovich.
Loryan – Lekomt, Gerreyru, Roz, Gassama, Ture, Meslub, Ndong, Juffre (Filippoto, 90), Bartelme (Mukandjo, 65), Bellyugu (Janno, 78), Uoris.
PSJ – Sirigu, Ore, Maksvell, Markinos, Tiago Silva, Rabo, Di Mariya (van der Vil, 87), Matyuidi, Stambuli (Pastore, 68), Ibrahimovich, Kavani (Lukas, 68).
Ogohlantirishlar: Matyuidi (56), Ndong (56), Ibrahimovich (64), Meslub (83).

Top